O‘zbekiston va YeOII

YeIK: Yevroosiyo turistik yo‘nalishlar xaritasi ishlab chiqildi

YeOIIda qo‘shma Yevroosiyo turistik yo‘nalishlari xaritalari ishlab chiqildi.
Sputnik
TOShKENT, 13 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlari taklifi asosida tuzilgan turistik marshrutlar xaritasi 419 ta turistik obyektni o‘z ichiga oladi, deya xabar berdi Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) matbuot xizmati.
YeIK hay’ati Ittifoq mamlakatlariga turizm sohasida iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish uchun Yevroosiyo qo‘shma turistik yo‘nalishlari xaritalarini hisobga olishni tavsiya qildi.
Xaritalar ishtirokchi davlatlarning takliflari asosida tuzilgan bo‘lib, unda Yevroosiyoning 419 ta turistik obyekt, 38 ta yo‘nalishlar va tashish usullari haqida ma’lumotlar mavjud.
YeIK biznesni rivojlantirish departamenti direktori Yernar Bakenovning so‘zlariga ko‘ra, marshrut xaritalari sayyohlarga YeOII mamlakatlariga sayohatlarini oson va qulay rejalashtirish imkonini beradi, shuningdek, turizm infratuzilmasini rivojlantirish va turistlar oqimini ko‘paytirishga yordam beradi.
“YeOIIda turizmni rivojlantirish katta salohiyatga ega. Ishtirokchi mamlakatlar boy madaniy-tarixiy merosga, noyob tabiiy obidalarga ega. Bizning tavsiyamiz YeOII mamlakatlarida turizmni rivojlantirish, sayohat qilish uchun yangi imkoniyatlar yaratish va turizm xizmatlari bozorlarini kengaytirish bo‘yicha sa’y-harakatlarimizni birlashtirish imkonini beradi”, — dedi direktor.
YeIK hay’ati tavsiyasida xaritalar turizm sohasidagi hamkorlikni kengaytirish va turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha ish olib borishda hisobga olinishi nazarda tutilgan. Bundan tashqari, mamlakatlar xaritalarni keyinchalik yangilash bo‘yicha takliflar kiritishlari mumkin bo‘ladi.
O‘zbekiston va YeOII
YeOII mamlakatlarida chorvachilikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi