Sirdaryo viloyatida yetishtirilgan mahsulotlar Misrga eksport qilinishi mumkin

Misrlik investor Sirdaryo viloyatidagi loyihalarni amalga oshirishda ishtirok etmoqchi.
Sputnik
TOShKENT, 12 noya — Sputnik. Sirdaryo viloyati hokimligi vakillari Misrning "Bell Energy" kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Xaysam Husayn bilan onlayn muzokaralar o‘tkazdi, deya xabar berdi “Dunyo” AA.
Misrlik tadbirkor O‘zbekistonning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan loyihalarda pudratchi va investor sifatida ishtirok etishdan manfaatdor.
Uchrashuvda hamkorlikning mumkin bo‘lgan yo‘nalishlari, xususan, energetika, suv xo‘jaligi, qishloq, geologiya, farmatsevtika, savdo, zargarlik, asalarichilik va boshqa yo‘nalishlar muhokama qilindi.
Investorga Sirdaryo viloyatining sarmoyaviy va eksport salohiyati, imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. Viloyatda qishloq xo‘jaligi sohasi keng rivojlanayotganini inobatga olgan holda, qishloq xo‘jaligi sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari yuzasidan fikr va ma’lumotlar almashildi.
Bu hududda yetishtirilgan mahsulotlarni Misrga eksport qilish hajmini oshirishga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, bug‘doy va un, meva-sabzavot, dukkakli va boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qilish istiqbollari atroflicha muhokama qilindi.
Misr O‘zbekistonda suv resurslarini boshqarishga investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda