TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari "Bradley" zirhli mashinalaridan foydalanishiga qaramay, strategik muvaffaqiyatga erisha olmadi. Bu haqda AQSh Kongressining sobiq xodimi va geosiyosiy tahlilchi Brendon Veyxert "National Interest" nashriga ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Ukraina Qurolli kuchlari birorta ham muhim strategik g‘alabaga erisha olmadi. Bugun Rossiya Ukrainaning sharqiy qismi va Qrim yarim orolining mojaro boshida bo‘lgan barcha hududlarini o‘zida saqlab turibdi”, — deya ta’kidladi ekspert ukrainaliklarning Amerika zirhli texnikasidan foydalanishiga izoh berib.
Uning qayd etishicha, janglarda Ukraina kuchlari ko‘p sonli “Bradley”larni yo‘qotgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Amerika armiyasidagi bunday yo‘qotishlar halokatli hisoblanadi.