Saudiya Arabistoni kompaniyalari O‘zbekistonga qancha investitsiya jalb etishi ma’lum qilindi

O‘zbekiston yetakchisi va Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri o‘rtasidagi uchrashuvda investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyod shahriga amaliy tashrif doirasida Saudiya Arabistoni investitsiyalar vaziri Xolid al-Falihni qabul qildi, deya xabar berdi davlat rahbari matbuot xizmati.
Prezident Uzbekistana podcherknul vozmojnosti dlya rasshireniya investitsionnogo sotrudnichestva s Saudovskoy Araviyey
Aytilishicha, uchrashuvda oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi doirasida amaliy hamkorlikni yanada kengaytirish, eng avvalo, O‘zbekistonda ustuvor investitsiya loyihalarini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
"O‘zaro tovar ayirboshlash hajmi, kooperatsiya ko‘lami va aviaqatnovlar soni ortib bormoqda. Joriy yil yakuni bilan yurtimizga Saudiya Arabistoni kompaniyalarining qariyb 2,5 milliard dollarlik investitsiyalari jalb etilishi kutilmoqda", — deyiladi xabarda.
"Yashil" energetika, sog‘liqni saqlash, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, issiqlik va suv ta’minoti, qishloq va uy-joy kommunal xo‘jaligi kabi sohalarda istiqbolli loyihalarni ilgari surish muhimligi ta’kidlandi.
Shu munosabat bilan Toshkent shahrida o‘tkaziladigan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishiga puxta tayyorgarlik ko‘rish zarurligi qayd etildi.
O‘zbekiston Saudiya Arabistoni bilan energiya samaradorligini oshirish bo‘yicha hamkorlik qiladi