O‘zbekiston va YeOII

YeOIIda shakar ishlab chiqarish ortdi

Ittifoq mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan 74 shakar zavodidan 66 tasi qand lavlagini qayta ishlaydi.
Sputnik
TOShKENT, 11 noya — Sputnik. Yevroosiyo shakar assotsiatsiyasining xabar berishicha, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlarida shakar ishlab chiqarish ko‘paygan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, 5-noyabr holatiga Ittifoq mamlakatlarida faoliyat yuritayotgan 74 ta shakar zavodidan 66 tasi qand lavlagini qayta ishlamoqda: Rossiya Federatsiyasida 57 ta, Belarusda 4 ta, Qozog‘istonda 3 ta, Qirg‘izistonda 2 ta.

“2024/25 yilgi mavsum boshidan buyon YeOII mamlakatlarida 2023-yilda 4 mln 6 ming tonna shakar ishlab chiqarilgan”, — deyiladi xabarda.

Mamlakatlar kesimida:
Rossiya - 3,706 million tonna (2023 yilga nisbatan 36 mingga ko‘p);
Belarus - 296,2 ming tonna (12,4 mingga ko‘p);
Qozog‘iston – 20,8 ming tonna (5,3 mingga ko‘p);
Qirg‘iziston – 38,3 ming tonna (1,4 mingga ko‘p).
O‘zbekiston va YeOII
YeOII mamlakatlarida iste’mol narxlari o‘sishini barqarorlashtirish bo‘yicha nimalar qilinmoqda?