TOShKENT, 10 noya — Sputnik. O‘zbekiston Bosh konsulxonasi xodimlari Primorsk o‘lkasi hukumati vakillari bilan muzokara o‘tkazishdi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Muhokama etilgan masalalar:
savdo-iqtisodiy va investitsiya sohalaridagi ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirish;
Primorsk o‘lkasiga O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan va yetishtirilgan mahsulotlarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri eksportini kengaytirish;
turizm va mehnat migratsiyasi sohasida aloqalarni yangi bosqichga ko‘tarish.
Shuningdek, 21-23 noyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan "Ipak yo‘lida turizm" 29-Toshkent xalqaro turizm yarmarkasida Primorsk o‘lkasi rahbariyati boshchiligidagi delegatsiyaning ishtirokini tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi.