TOShKENT, 9 noya — Sputnik. O‘zbekistonlik shaxmatchi Afruza Hamdamova ikki karra jahon chempioni bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Shaxmat Federatsiyasi xabar berdi.
Afruza Braziliyada bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatining 16 yoshgacha qizlar guruhida muddatidan avval g‘alaba qozonib, 2 karra jahon chempioniga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, 2023-yilda Hamdamova Italiyada o‘tkazilgan 14 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lib, ayollar orasida o‘zbekistonlik birinchi jahon chempioniga aylangandi.