TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) mamlakatlaridagi asosiy xizmat ko‘rsatish sohalarida tartibga soluvchi sharhlardan foydalanish bo‘yicha tavsiyanoma tayyorladi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati ma’lum qildi.
Hozirgi bosqichda turizm va umumiy qurilish xizmatlari asosiy tarmoqlar sifatida belgilandi. Hujjatlar 2025-yilgacha Yevroosiyo iqtisodiy integratsiyasini rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Harakatlar rejasini bajarish maqsadida ishlab chiqilgan.
Komissiya YeOII davlatlarining vakolatli organlari bilan birgalikda turizm va umumiy qurilish xizmatlarini tartibga solish bo‘yicha milliy va xalqaro amaliyotni tahlil qildi hamda tahliliy sharhlar va tavsiyalar tayyorladi.
YeIKning iqtisodiyot va moliyaviy siyosat bo‘yicha vaziri Baxit Sultonovning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, YeOII mamlakatlarida ushbu sohalarni tartibga solish asosan o‘xshash: "Tahlil bizga turizm xizmatlari sohasini tartibga solishda o‘xshashlik va umumiy qurilish ishlarini tartibga solish bo‘yicha milliy chora-tadbirlarning tubdan bir xillik borligi haqida xulosa chiqarishga imkon berdi."
YeIK vaziri tavsiyanomani ishlab chiqish ilg‘or tajribalarni o‘rganish, jumladan, sharhlarda keltirilgan xalqaro tartibga solish tajribasini hisobga olgan holda muhim qadam ekanligini ta’kidladi. Bu tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish uchun qulay shart-sharoit yaratadi.