TOShKENT, 5 noya — Sputnik. Olimpiya shaharchasi ilmiy-amaliy klasterga aylantiriladi. Bu haqda O‘zbekiston sport vaziri Adham Ikramov ma’lum qildi, deb yozmoqda Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Adham Ikramov va Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi Oybek Kasimov Olimpiya shaharchasidagi qurilish jarayoni bilan tanishdi.
Olimpiyskiy gorodok prevratitsya v nauchno-prakticheskiy klaster sporta
© NOK Uzbekistana
Unda yakkakurash va jamoaviy sport turlariga ixtisoslashtirilgan majmualardan samarali foydalanish, O‘zbekiston davlat sport akademiyasining kafedralari va federatsiyalarining ma’muriy binodagi joylashuvi ko‘rib chiqildi. Bu borada mas’ullarga tegishli toshiriqlar berildi.
“Vazir mavzu yuzasidan fikr bildirar ekan, muhtaram Prezidentimiz tashabbuslari asosida bunyod etilayotgan mazkur Olimpiya shaharchasi sportimiz taraqqiyoti yo‘lida ilmiy-amaliy klasterga aylanishi zarurligini ta’kidladi”, — deyiladi xabarda.
Olimpiyskiy gorodok prevratitsya v nauchno-prakticheskiy klaster sporta
© NOK Uzbekistana
Shuningdek, qurilishga mas’ul Xitoyning “CAMC engineering” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tomonlar qurilish ishlarini o‘z vaqtida va sifatli yakunlash masalalarini muhokama qilishdi.
Eslatib o‘tamiz, Olimpiya shaharchasi kelgusi yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasida Osiyo va Paraosiyo o‘yinlari uchun qurilmoqda. Musobaqalar Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi tomonidan tan olingan 29 ta sport turi bo‘yicha o‘tkaziladi. Ularda qit’aning 45 ta davlatidan 3 mingdan ziyod sportchi ishtirok etishi kutilmoqda.
Olimpiya shaharchasida, futbol, voleybol, tennis, chim ustida xokkey, yengil atletika kabilar bo‘yicha 15 ta ochiq maydon bo‘ladi. Muzey va ofislarni o‘z ichiga olgan ma’muriy bino, bog‘lar, sun’iy ko‘l barpo etiladi. Osiyo o‘yinlaridan keyin Olimpiya shaharchasidan samarali foydalaniladi.