TOShKENT, 3 noya — Sputnik. Toshkentda 3-4 noyabr kunlari O‘zbekiston-Pokiston Hukumatlararo qo‘shma komissiyasining 9-yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi, deya xabar berdi "Dunyo" AA.
Mazkur yig‘ilishda ishtirok etish uchun qo‘shma komissiyasi hamraisi – Pokiston savdo vaziri Jam Kamal Xan boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyuradi.
Delegatsiyaga oziq-oqvat, to‘qimachilik, farmatsevtika, avtomobilsozlik, elektrotexnika va kimyo sanoati, transport-logistika sohasida faoliyat yurituvchi 30dan ortiq Pokiston biznes-doira vakillari hamrohlik qilishadi. O‘zbekiston delegatsiyasiga qo‘shma komissiyasi hamraisi – investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov boshchilik qiladi.
Tadbir yakunida hujjatlar paketi imzolanishi kutilmoqda.
Shuningdek, delegatsiyalar rahbarlari "O‘zbekiston-Pokiston" biznes forumida ham nutq so‘zlashadi, G2B formatidagi uchrashuvda ishtirok etishadi. Tashrif dasturidan Pokiston savdo vazirining O‘zbekiston vazirlik va idora rahbarlari bilan bir qator alohida uchrashuvlari ham o‘rin olgan.