Saida Mirziyoyeva ham Chernishenko bilan uchrashdi

Uchrashuvda Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochilishi mamnuniyat bilan qayd etildi.
Sputnik
TOShKENT, 2 noya — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti yordamchisi Saida Mirziyoyeva kecha, 1-noyabr kuni, Rossiya Federatsiyasi Hukumati raisining o‘rinbosari Dmitriy Chernishenko bilan uchrashdi. Bu haqda Mirziyoyeva Telegram kanalida xabar berdi.
“O‘zbekiston bilan Rossiya o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashib, ijtimoiy sohaga hamda davlatlarimiz rahbarlarining uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni samarali amalga oshirishga alohida e’tibor qaratdik”, - deb yozadi Mirziyoyeva.
Saida Mirziyoyeva vstretilas s zamestitelem Predsedatelya Pravitelstva RF Dmitriyem Chernishenko
Ta’kidlanishicha, ta’lim sohasidagi unumli sheriklik natijalari, xususan, yaqin kelajakda Rossiyaning yana bir oliy ta’lim muassasasi – Bauman nomidagi Moskva davlat texnika universiteti filiali ochilishi mamnuniyat bilan qayd etildi.
Saida Mirziyoyeva vstretilas s zamestitelem Predsedatelya Pravitelstva RF Dmitriyem Chernishenko
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Dmitriy Chernishenko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgandi.
Mirziyoyev Rossiya delegatsiyasini qabul qildi — batafsil