O‘zbekiston va Rossiya OTMlari o‘rtasida memorandum imzolandi

Hujjat ta’lim va ilmiy faoliyat sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
Sputnik
TOShKENT, 1 noya — Sputnik. “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti va Rossiya davlat turizm va servis universiteti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar berdi.
Mejdunarodniy universitet turizma i kulturnogo naslediya "Velikiy shelkoviy put" i Rossiyskiy gosudarstvenniy universitet turizma i servisa podpisali memorandum o sotrudnichestve
Memorandumni “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universiteti birinchi prorektori Dilmurod Nasimov va Rossiya davlat turizm va servis universiteti rektori v.b. Ambarsum Galustov imzoladi.
Hujjat ikki mamlakat hududlarida turizm va mehmondo‘stlik sanoatini rivojlantirish, turizm sohasini malakali kadrlar bilan ta’minlash uchun ta’lim va ilmiy faoliyat sohasidagi hamkorlikni kengaytirishga qaratilgan.
Toshkentda Rossiya davlat pedagogika universiteti filialining yangi kampusi ochildi