TOShKENT, 1 noya — Sputnik. "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining 75-yilligi munosabati bilan ishlab chiqarish ilg‘orlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida prezident farmoni imzolandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
"Mehnat shuhrati" ordeni bilan:
Masaliyev Nuriddin Koldashevich - "Olmaliq kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining Angren kon boshqarmasi "Ko‘chbuloq" shaxtasi "Semg‘uron" yerosti uchastkasi boshlig‘i;
Tulyaganov Baxriddin Nishanbayevich - Mis eritish zavodi texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlarini avtomatlashtirish xizmati boshlig‘i;
"Do‘stlik" ordeni bilan:
Abdullayev Zakirjan Abduxanovich - Shaxtaqurilish boshqarmasi boshlig‘i;
Dergunov Aleksandr Vasilyevich - Elektr tarmoqlari boshqarmasi ekspluatatsiya uchastkasi katta ustasi;
Seitov Osman Ablayevich - Rux zavodi elektrolit sexi boshlig‘i;
Solomko Natalya Grigoryevna - texnik bo‘lim polimetall ma’danlarni boyitish bo‘yicha muhandis-texnologi;
Urunkulov Abdikul Abdisamatovich - Texnologik transport boshqarmasi buldozer mashinisti;
Xujamuratov Botir Ravshanovich - "Xonjiza" kon boshqarmasi direktori;
"Shuhrat" medali bilan:
Aynakulova Shoira Abdusmatovna - Issiqlik elektr markazi qozon-turbina sexi yoqilg‘i uzatish mashinisti;
Aldiyarov Xayrulla Mamataliyevich - "Qalmoqqir" kon boshqarmasi markaziy karyeri ekskavator mashinisti;
Arslanov Abdunabi Kurbanovich - Texnologik transport boshqarmasi "BelAZ" haydovchisi;
Askarov Baxrom Musurmanovich - Mis eritish zavodi oltin va kumushni affinajlash sexi boshlig‘i;
Atabayev Nurali Xoljumanovich - Sanoat temir yo‘l transporti boshqarmasi lokomotiv brigadasi yo‘riqchi-mashinisti;
Axunov Nail Rafisovich - Ishlab chiqarishni avtomatlashtirish boshqarmasi texnik xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i;
Bekbutayeva Nargiza Nurgaliyevna - ilm-fan va innovatsiyalar bo‘limi yetakchi muhandisi;
Boymirzayev Muminjon Yormuxamatovich - "Chodak" kon boshqarmasi "Guzaksoy" shaxtasi tog‘ o‘tuvchisi;
Ishanxodjayev Zokirxuja Karimdjanovich - Tog‘-kon transport kompleksi va infratuzilma obyektlarini qurish bo‘yicha direksiyasi direktori;
Qodirov Laziz Ergashevich - Metallurgiya majmuasi obyektlarini qurish direksiyasi bosh muhandisi o‘rinbosari;
Qosimov Zoxid G‘ofurovich - Mis boyitish fabrikasi chiqindilarni to‘plash sexi boshlig‘i;
Polvonov Murodjon Abdumansurovich - "Kovuldi" koni yerosti uchastkasi lahim o‘tuvchisi;
Samatov Abdumajit Ergashevich - Markaziy ta’mirlash-mexanika zavodi kimoviy himoya uchastkasi boshlig‘i;
Tangirova Sharifa Gulamovna - Texnik nazorat xizmati rangli metallurgiya mahsulotlari nazoratchisi.