“Uskunalarni asosan Xitoy, Rossiya va ayrim qismlarni mahalliy ishlab chiqaruvchilardan sotib olganmiz. Biz noyabr oyining oxirida elektr energiyani ulash, dekabr oyida sinovdan o‘tkazish va yangi yilning birinchi kunidan to‘liq ishga tushirishni rejalashtirganmiz. Shunda zarur paytda 600 ming aholi ehtiyojini qondirish imkoniga ega bo‘linadi”, — dedi “Energy China Overseas investmen” kompaniyasining bosh menejeri Nie Szanmin
“O‘zbekistonda 13 tadan ortiq loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan. Ulardan ikkitasi muvaffaqiyatli tugatildi. Ular Buxoro va Qashqadaryo viloyatlaridagi quvvati 500 MVt quyosh elektr stansiyalaridir. Bu uchinchi loyiha bo‘lib, qurilish jarayoni davom etapti. Dekabr oyida tarmoqqa ulash uchun barcha ishlar qilinmoqda”, — deya ma’lum qildi “Energy China Overseas investmen” kompaniyasi texnik masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Aziz Shirinboyev.