Baxtiyor Saidov xorijiy davlatlarning elchilari bilan Termiz xalqaro savdo markaziga bordi

Baxtiyor Saidov: Markaz butun dunyo ishbilarmonlari uchun savdo rivojiga xizmat qiladigan o‘ziga xos xab bo‘lishi shubhasiz.
Sputnik
TOShKENT, 30 okt — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov xorijiy davlatlarning mamlakatdagi elchilari bilan Termiz xalqaro savdo markaziga bordi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Baxtiyor Saidov xorijiy davlatlarning O‘zbekistondagi elchilari bilan birgalikda Surxondaryo viloyatiga tashrif buyurdi.
Baxtiyor Saidov xorijiy davlatlarning elchilari bilan Termiz xalqaro savdo markaziga bordi
“O‘zbekiston va Afg‘oniston chegarasida joylashgan “Termiz xalqaro savdo markazi” nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun dunyo ishbilarmonlari uchun savdo rivojiga xizmat qiladigan o‘ziga xos xab bo‘lishi shubhasiz”, — deb yozadi vazir.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Termiz xalqaro savdo markazi”ning rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Markazi qulay ishbilarmonlik muhiti va logistikani yaratish, ma’muriy tartib-taomillarni soddalashtirish va tadbirkorlar uchun zarur sharoit yaratish maqsadida barpo etildi.
Baxtiyor Saidov xorijiy davlatlarning elchilari bilan Termiz xalqaro savdo markaziga bordi
Markaz hududida faoliyat yurituvchi O‘zbekistonda ro‘yxatga olingan tadbirkorlik subyektlariga Afg‘oniston fuqarolari, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni mehnat faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun tasdiqnoma olmasdan mehnat shartnomalari asosida ishga qabul qilishga ruxsat beriladi.
Markaziy Osiyoda muqobili bo‘lmagan birinchi erkin savdo zonasi hududida mehmonxona, tibbiyot klinikasi, biznes maktabi, yirik savdo va xizmat ko‘rsatish markazi, restoranlar, xostel, yiliga 900 ming tonna yuk aylanmasi quvvatiga ega logistika markazi hamda ishlab chiqarish korxonalari joylashgan.
Rossiya Termizdagi transport-logistika markazi imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin