TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida “O‘zbekistonda parlament saylovlaridan keyin nimalar o‘zgaradi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Ishtirokchilar:
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti katta ilmiy xodimi, Plexanov nomidagi Rossiya iqtisodiyot universiteti dotsenti Ravshan Nazarov;
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining siyosatshunoslik kafedrasi dotsenti Ra’noxon Tursunova.
O‘zbekistonda 27-oktabr kuni deputatlar saylovi bo‘lib o‘tdi. Yangi parlament qanday bo‘ladi? Siyosiy islohotlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy himoya, tashqi siyosatda o‘zgarishlar kutilmoqdami? Ishtirokchilar bu va boshqa savollarga javob berishdi.