TOShKENT, 29 okt — Sputnik. O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi spikeri Nuriddin Ismoilov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligining (MDH) bosh kotibi Sergey Lebedev boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashdi, deya xabar berdi quyi palata matbuot xizmati.
Uchrashuvda Lebedev Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovida xalqaro kuzatuvchilar sifatida ishtirok etish uchun 8 ta MDH mamlakatlaridan 167 nafar kuzatuvchi saylov uchastkalarida kuzatuvlar olib borganligini qayd etdi.
Sostoyalas vstrecha Spikera Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Nuriddina Ismoilova s chlenami delegatsii vo glave s Generalnim sekretarem Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv Sergeyem Lebedevim.
© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa respubliki Uzbekistan
“U saylov uchastkalarida saylovchilar uchun barcha qulayliklar, zarur sharoitlar yaratilgani, jumladan, nogironligi bo‘lgan fuqarolar va keksa yoshdagi saylovchilarga bo‘lgan e’tibor va munosabat xalqaro kuzatuvchilar tomonidan yuqori baholanganini bildirdi”, — deyiladi xabarda.
Delegatsiya rahbari o‘z so‘zida kuzatuv davomida saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish jarayoni bo‘yicha keng miqyosda va xolis baho olinganini qayd etdi.
Sostoyalas vstrecha Spikera Zakonodatelnoy palati Oliy Majlisa Nuriddina Ismoilova s chlenami delegatsii vo glave s Generalnim sekretarem Sodrujestva Nezavisimix Gosudarstv Sergeyem Lebedevim.
© Zakonodatelnaya palata Oliy Majlisa respubliki Uzbekistan
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda saylovlar har doimgidek uyushqoqlik bilan o‘tkazildi hamda saylov jarayoniga mas’ul bo‘lgan barcha tuzilmalarda yuqori malaka hissi paydo bo‘lgan.
Shuningdek, Sergey Lebedev Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva bilan ham uchrashdi.
V Senate proshla vstrecha s delegatsiyey SNG
© Senat Oliy Majlisa
"Mehmonlar tomonidan so‘nggi yillarda O‘zbekistonda barcha sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ijobiy o‘zgarishlar hamda qonunchilikdagi islohotlar yuqori baholandi", — deyiladi yuqori palata matbuot xizmati xabarida.
O‘zbekistonning MDH tashkiloti va unga a’zo mamlakatlar bilan faol muloqoti hamda tashabbuslar bilan ishtirok etishi qayd etilib, kelgusida ham iqtisodiy, madaniy-gumanitar yo‘nalishlarda hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovi bo‘lib o‘tdi. Unda 15 027 529 nafar saylovchi ovoz berdi. Xorijda ovoz berganlar soni 140 388 nafarga teng bo‘ldi.