O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
2024 yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

Haqiqiy emas deb topilgan saylov bulletenlari soni aytildi

MSK depuptalar saylovini o‘tgan va haqiqiy deb topdi.
Sputnik
TOShKENT, 29 okt — Sputnik. Haqiqiy emas deb topilgan saylov bulletenlari soni 72 ming 327 tani tashkil etdi. Bu haqda O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi (MSK) raisi Zayniddin Nizamxodjayev MSKning navbatdagi majlisida ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, haqiqiy emas deb topilgan saylov bulletenlari soni 72 ming 327 dona yoki 0,48 foizga teng bo‘lgan.

"Saylovda saylovchilar ro‘yxatiga kiritilgan saylovchilarning 74,72 foizi ishtirok etganligi hamda ishtirok etgan siyosiy partiyalarning har biri saylovda ovoz berishda ishtirok etgan saylovchilarning 7 foizidan ko‘p ovoz to‘plaganligi 2024-yil 27-oktabrda o‘tkazilgan yagona saylov okrugi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi o‘tgan va haqiqiy deb hisoblanishiga asos bo‘ldi", — dedi MSK raisi.

O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
Parlament saylovining dastlabki natijalari e’lon qilindi — tafsilotlar