Nega Putin va Guterrish uchrashuvi yopiq tarzda o‘tdi — Peskov javobi

Peskov Putin va Guterrish uchrashuvi nima uchun yopiq bo‘lganini tushuntirdi.
Sputnik
TOShKENT, 28 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin va BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh o‘rtasidagi uchrashuv bosh kotibning iltimosiga binoan yopiq bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Vladimir Putin va Antoniu Guterrishning Qozondagi BRIKS sammiti doirasidagi uchrashuvi Guterrish iltimosiga ko‘ra ochiq bo‘lmadi.
“Suhbatning ochiq qismi yo‘qligiga kelsak, ha, u aynan janob Guterrishning iltimosiga ko‘ra bekor qilindi, axir, bu bizning mehmonimiz edi va biz bu iltimosni qondirishga rozi bo‘ldik”, — dedi Peskov.
Eslatib o‘tamiz, BRIKSning Qozondagi sammiti 22-24 oktabr kunlari bo‘lib o‘tdi. BRIKS 2006-yilda tuzilgan davlatlararo birlashma hisoblanadi. Rossiya 2024-yilning 1-yanvarida BRIKSdagi raislikni qabul qilgan.
BRIKS kengayishi, Ukrainadagi mojaro — Putin ishtirokidagi matbuot anjumani