O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
2024 yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

MSKda kuzatuvchilar missiyalari vakillari bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi

Uchrashuvlarda milliy saylov amaliyotiga joriy qilingan “E-Saylov” axborot tizimi, uning afzalliklari va imkoniyatlari qayd etib o‘tildi.
Sputnik
TOShKENT, 26 okt — Sputnik. Kecha, 25-oktabr kuni Markaziy saylov komissiyasida (MSK) xalqaro tashkilotlar kuzatuvchilar missiyalari a’zolari va xorijiy davlatlar saylov organlari vakillari ishtirokida uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda MSK matbuot xizmati xabar berdi.
Komissiya raisi Zayniddin Nizamxodjayev MDH Parlamentlararo Assambleyasi saylovlarni kuzatish guruhi Koordinatori, Qirg‘iz Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari T.Masabirov, Rossiya Federatsiyasi Federal Kengashi Fan, ta’lim va madaniyat masalalari qo‘mitasi raisining o‘rinbosari I.Umaxanov, MDH Bosh kotibi S.Lebedev, Maldiv Respublikasi saylov komissiyasi raisi Fuvad Tovfik, Turkiy davlatlar PA Koordinatori Osman Mesten, Malayziya Markaziy saylov komissiyasi raisi Ramlan Bin Xorun boshchiligidagi kuzatuvchilar delegatsiyasi vakillari bilan uchrashdi.
Predstaviteli missiy nablyudateley posetili Sentralnuyu izbiratelnuyu komissiyu
Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar yig‘ilishlarning asosiy mavzulari bo‘ldi.
Uchrashuvlarda milliy saylov amaliyotiga joriy qilingan “E-Saylov” axborot tizimi, uning afzalliklari va imkoniyatlari, saylov komissiyalari a’zolarining malakasini oshirish Konsepsiyasi asosida barcha darajadagi saylov ishtirokchilarining bilim va ko‘nikmalari oshirilganligi qayd etib o‘tildi.
Xalqaro kuzatuvchilar saylovlarga demokratik tamoyillarga xos tayyorgarlik ko‘rilganligi, xalqaro normalar va standartlarga to‘la mos kelishi, fuqarolarning emin-erkin ovoz berishlarini ta’minlash uchun barcha zarur choralar ko‘rilayotganligini alohida e’tirof etishdi.
Predstaviteli missiy nablyudateley posetili Sentralnuyu izbiratelnuyu komissiyu
“Markaziy saylov komissiyasi bo‘lajak saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish yuzasidan tashkiliy va huquqiy ishlarni yuqori saviyada yo‘lga qo‘ygan. Shuningdek, “E-saylov” interaktiv portalining ishga tushgani ham muhim ahamiyatga ega bo‘lib, bu tizim orqali siyosiy partiyalar nomzodlarning qonunchilik talablariga mosligi holati bo‘yicha saylov komissiyalari bilan tezkor ishlash imkoniyati yuzaga kelgan”, - dedi MDH Ijroiya qo‘mitasi Bosh kotibi Lebedev.
Xalqaro tashkilotlarning kuzatuvchilar missiyalari va delegatsiyalari saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish jarayonlarini ham uzoq muddatli, ham qisqa muddatli kuzatuvchi sifatida kuzatib boradi.
O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
MDH missiyasi O‘zbekistondagi parlament saylovlari yuzasidan oraliq hisobotini e’lon qildi