TOShKENT, 25 okt — Sputnik. Kelgusi yildan boshlab Moskvada xorijiy fuqarolar haqidaga barcha ma’lumotlarni ID-karta orqali tekshirish mumkin bo‘ladi. Bu haqda poytaxt meri Sergey Sobanin ma’lum qildi.
“Migrantlar uchun kelasi yildan boshlab sinov tariqasida elektron pasport joriy qilamiz, barcha ma’lumotlar xorijiy fuqaroning elektron identifikatoriga yuklanadi: u qachon kelgan, qanday biometrik ma’lumotlar, qayerda u ishlaydi, u qayerda ro‘yxatdan o‘tgan va hokazo. Shunga ko‘ra, politsiya reydlar o‘tkazganida bu ma’lumotlarni tekshirish mumkin bo‘lgan tegishli maxsus moslamasi bor ", - dedi Sobanin.
Unga ko‘ra, birinchi navbatda migrantlarning elektron guvohnomalari tekshiriladi. Hujjatda nosozlik bo‘lsa, politsiyachi migrantga nisbatan tegishli choralar ko‘rishi shart bo‘ladi. “Agar "qizil" yonib tursa, migrant qidiruvda bo‘lgan, hujjatining muddati tugagan, migratsiya rejimi buzilgan - demak uni qo‘yib yuborish mumkin emas”, - deb tushuntirdi shahar meri.
Sobaninning qo‘shimcha qilishicha, kelasi yildan boshlab Moskva aeroportlarida sinov tariqasida biometrik nazorat yo‘lga qo‘yiladi.
Hatto Rossiyaga vizasiz kelish huquqiga ega bo‘lgan xorijliklar ham biometrik nazoratdan o‘tadilar.
"Prezidentning topshirig‘iga binoan, ushbu ishni yo‘lga qo‘yish maqsadida federal qonun qabul qilindi. Hukumat tegishli qarorni ko‘rib chiqmoqda", - dedi u.
Shahar merining fikricha, Rossiyaga tashrif buyurgan barcha fuqarolarning biometrik ma’lumotlar bazasining mavjudligi jinoyatlarni ochishning yangi bosqichiga chiqish imkonini beradi.