BRIKS sammiti: Mirziyoyev qaysi davlat yetakchilari bilan uchrashdi?

Shavkat Mirziyoyev BRICS sammitidagi qutlash marosimida qatnashdi.
Sputnik
TOShKENT, 24 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Qozonga amaliy tashrifining birinchi kuni samarali uchrashuvlarga boy bo‘ldi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
BRIKS sammiti tadbirlari doirasida Shavkat Mirziyoyev birlashmaning Yangi taraqqiyot banki prezidenti Dilma Rusefni qabul qildi. Unda moliyaviy institut bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
V ramkax programmi meropriyatiy sammita BRIKS Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev prinyal prezidenta Novogo banka razvitiya Obyedineniya Dilmu Rusef.
“Ta’lim va texnologik rivojlanish sohasidagi dastur va loyihalar, ijtimoiy sohani qo‘llab-quvvatlash, sanoat, infratuzilma va logistikani modernizatsiya qilish, raqamlashtirish, energetika va kommunal tarmoqlar sheriklikning istiqbolli yo‘nalishlari sifatida qayd etildi. Hamkorlik bo‘yicha aniq loyihalarini tayyorlash uchun qo‘shma ekspertlar guruhini tuzishga kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
Na polyax proxodashego v gorode Kazani globalnogo sammita BRIKS Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev prinyal prezidenta, predsedatelya pravleniya "Sberbanka" Germana Grefa.
O‘zbekiston prezidenti "Sberbank" prezidenti va boshqaruvi raisi German Grefni ham qabul qildi. Uchrashuvda raqamli texnologiyalar, innovatsiyalar va ta’lim sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.
“Toshkentda raqamli texnologiyalar sohasida yuqori malakali mutaxassislar va muhandislar tayyorlashga ixtisoslashgan “Maktab 21” ta’lim muassasasining ikkinchi kampusi ish boshlaganidan mamnuniyat bildirildi”, — deyilgan xabarda.
Shuningdek, bank sektori va shahar infratuzilmasini boshqarishda samarali raqamli yechimlarni joriy etish bo‘yicha muhim qo‘shma loyihalar qayd etildi.
V ramkax programmi pervogo dnya prebivaniya v gorode Kazani Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyeyev provel vstrechu s Raisom Respubliki Tatarstan Rustamom Minnixanovim.
Shavkat Mirziyoyev Tatariston raisi Rustam Minnixanov bilan uchrashuv o‘tkazdi. O‘zbekiston hududlarining Tatariston bilan o‘zaro manfaatli va ko‘p qirrali hamkorligini yanada kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
So‘nggi yillarda yetakchi korxonalarning sanoat kooperatsiyasi va faol gumanitar almashinuv o‘zining amaliy natijalarini berayotgani qayd etildi. Faol muloqotlar va o‘zaro tashriflarni davom ettirish, O‘zbekiston hududida qo‘shma iqtisodiy va sanoat zonalari faoliyatini kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
V ramkax pervogo dnya programmi prebivaniya v gorode Kazani Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev na polyax sammita BRIKS provel vstrechu s Prezidentom Tureskoy Respubliki Redjepom Tayipom Erdoganom.
O‘zbekiston yetakchisi Turkiya prezidenti bilan uchrashdi. Qayd etilishicha, O‘zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada chuqurlashtirish bo‘yicha dolzarb masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
Ikki davlat rahbarlari siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy va gumanitar sohalardagi ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish muhimligini ta’kidlashdi.
Prezidentlar faol muloqotlar va samarali almashinuvlarni davom ettirish zarurligini qayd etib, geologiya va mineral resurslarni qazib chiqarish, elektrotexnika, mashinasozlik, sog‘liqni saqlash, ta’lim va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalarini ilgari surish masalalariga alohida e’tibor qaratishdi.
V ramkax programmi prebivaniya v gorode Kazani Prezident Respubliki Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Respubliki Indiya Narendroy Modi.
Shuningdek, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozon shahriga tashrifi doirasida Hindiston bosh vaziri Narendra Modi bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston-Hindiston strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Yuqori texnologiyalar, sun’iy intellekt, sanoat, energetika, farmatsevtika, transport kommunikatsiyalari bo‘yicha dastur va loyihalarni amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.
“Joriy yilda Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yig‘ilishi va biznes forumini o‘tkazish, shuningdek, sanoat kooperatsiyasi bo‘yicha o‘rta muddatli dastur qabul qilishga kelishib olindi”, — deyiladi xabarda.
Mamlakatlarda Madaniyat va kino kunlarini, tibbiyot va sport sohalarida hamda yoshlar ishtirokida, shu jumladan yoshlarning parlament tashkilotlari doirasida qo‘shma tadbirlar o‘tkazish taklifi bildirildi.
Aytilishicha, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar rejasini ham muhokama qilingan.
Na polyax sammita BRIKS Prezident Shavkat Mirziyoyev provel besedi s Predsedatelem KNR Si Szinpinem i Prezidentom Arabskoy Respubliki Yegipet Abdulfattaxom as-Sisi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev BRIKS sammiti doirasida Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpin va Misr Arab Respublikasi prezidenti Abdulfattoh as-Sisi bilan ham suhbatlar o‘tkazdi.
Na polyax sammita BRIKS Prezident Shavkat Mirziyoyev provel besedi s Predsedatelem KNR Si Szinpinem i Prezidentom Arabskoy Respubliki Yegipet Abdulfattaxom as-Sisi.
Ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar va oliy darajada erishilgan kelishuvlarning amalga oshirilishi muhokama qilindi.