Toshkentda "NAUKA 0+" xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi

O‘zbekiston OTMlarida turli yoshdagi fuqarolar orasida ilm-fanni ommalashtirishga bag‘ishlangan "NAUKA 0+" festivali bo‘lib o‘tadi. Unda yetakchi olimlar tomonidan ma’ruzalar o‘qiladi.
Sputnik
TOShKENT, 23 okt — Sputnik. Toshkentda 2-3 noyabr kunlari "NAUKA 0+" xalqaro festivali bo‘lib o‘tadi, uning bosh mavzusi - "Atrofimizdagi fan".

Tadbir doirasida ilmiy-ommabop ma’ruzalar, interaktiv ko‘rgazmalar, virtual laboratoriyalar, qiziqarli ilmiy chiqishlar, insoniyat kelajagi haqidagi munozaralar, filmlar namoyishi, robotlar tanlovi, viktorinalar, kvestlar va boshqa ko‘plab tadbirlar o‘tkaziladi. Ilmiy-ommabop ma’ruzalar yetakchi olimlar tomonidan o‘qiladi.

NAUKA 0+ festivali Toshkent shahridagi Moskva davlat universiteti filiali, Toshkent politexnika muzeyi, Rossiya kimyo-texnologiya universiteti filiali, Rossiya davlat neft va gaz universiteti filiali, O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Materialshunoslik instituti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va boshqa ilmiy-ta’lim tashkilotlarida bo‘lib o‘tadi.
Festival NAUKA 0+ v Moskve

“Mehmondo‘st Toshkent ilm-fanni ommalashtirishga qaratilgan ushbu festivalning poytaxti bo‘lishi birinchi marta emas. Biz hamkasblarimiz – O‘zbekiston Respublikasi akademik jamoatchiligi vakillariga fan do‘stlari doirasini kengaytirish, yosh avlodni uning nuri bilan tanishtirish muhimligi haqidagi g‘oyamiz bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanliklari uchun minnatdorchilik bildiramiz", - deydi Moskva davlat universiteti rektori Sadovnichiy.

Festival Alisher Usmonovning “San’at, fan va sport” xayriya fondi ko‘magida o‘tkazilmoqda.
NAUKA 0+ festivali 2006-yildan beri Moskva davlat universiteti rektori V.A. Sadovnichiy tashabbusi bilan o‘tkazib kelinmoqda. Ushbu tadbir ilm-fanni ommalashtirish sohasidagi dunyoda eng yirik ta’lim loyihalaridan biri hisoblanadi.
Festival NAUKA 0+ v Moskve