TOShKENT, 23 okt — Sputnik. BRIKS sammitida ko‘plab davlatlar Ukrainadagi vaziyatni tartibga solishga faolroq hissa qo‘shish istagini bildirmoqda va vositachi sifatida harakat qilishga tayyor, dedi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
“Ko‘plab davlatlar chindan ham kelishuv jarayoniga faolroq hissa qo‘shish istagini bildirishmoqda va vositachi bo‘lishga tayyor ekanliklarini ma’lum qilishmoqda”, — deb sharhladi Peskov Qozondagi BRIKS sammitida Ukraina inqirozini “NTV” telekanaliga.
Ukrainaning NATOga qo‘shilishi hech qachon Rossiya bilan muzokaralar mavzusi bo‘lmaydi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
"Ukrainaning NATOga kirishi hozir ham, kelajakda ham Rossiya bilan muzokaralar mavzusi bo‘lishi mumkin emas", — dedi TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda.
Uning ta’kidlashicha, Kiyevning Rossiya xavfsizligiga zarar yetkazgan holda ittifoqqa qo‘shilish istagi Donbassdagi ruslarga qarshi terror bilan birgalikda Ukraina inqirozi va maxsus harbiy operatsiya boshlanishining sabablaridan biriga aylandi.