“Serquyosh O‘zbekistondan salom” — Razan aholisi o‘zbek madaniyati bilan tanishdi

Razan shahrida “Serquyosh yurtdan salom! O‘zbekiston!” nomli ma’rifiy-ko‘ngilochar tadbir o‘tkazildi.
Sputnik
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Rossiyaning Razan shahri aholisi o‘zbek madaniyati bilan tanishdi, deya xabar berdi Razan shahri "Olmos" o‘zbek milliy-madaniy avtonomiyasi Sputnik O‘zbekistonga.
Razan shahridagi “Oktabr” madaniyat va dam olish markazida “Serquyosh yurtdan salom! O‘zbekiston!” nomli ma’rifiy-ko‘ngilochar tadbir o‘tkazildi. Tadbir Razan viloyatida o‘zbek xalqi madaniyatini tanishtirish, fuqarolik birligini mustahkamlash va millatlararo munosabatlarni uyg‘unlashtirishga qaratilgan “EtnoGraniRazani” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Qayd etilishicha, tadbirda 400 nafarga yaqin tomoshabin ishtirok etdi.
Madaniyat muassasasida milliy liboslarda suratga tushish uchun fotoburchak tashkil etildi, shuningdek, Gorkiy nomidagi viloyat kutubxonasining “Olam va men” bo‘limidagi kitoblar ko‘rgazmasi va Valeriy Plaxotniyning rus va o‘zbek xalqlari madaniyatlarining o‘zaro kirib borishi va yerga ekologik yondashuv stendiga bag‘ishlangan badiiy plakatlar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Konsert dasturidan Aleksandra Vereshaginaning bolalar teatr studiyasining “masqarabozlar” va Buxorodagi Xo‘ja Nasriddin yodgorligi haqida Razan aholisining she’riy flesh-mobi joy oldi. 50-maktab o‘quvchilari esa O‘zbekiston haqidagi bilimlari bilan o‘rtoqlashishdi.
Konsert uzbekskoy kulturi v Razani
Tomoshabinlar, shuningdek, O‘zbekistonning qadimiy shaharlari bo‘ylab virtual sayohat qilib, atoqli olim Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630-yilligi munosabati bilan uning hayotidagi yorqin voqealar haqidagi videoni tomosha qilishdi.
Konsert uzbekskoy kulturi v Razani
Qolaversa, dizaynerlar Albina Yamansarina va Svetlana Korenevaning etnik uslubdagi liboslari kolleksiyasini ham taqdim etdi.