Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyida O‘zbek tili kuni nishonlandi

Tadbirda Alisher Navoiy g‘azallari ijro etildi.
Sputnik
TOShKENT, 21 okt — Sputnik. Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyida O‘zbek tili kuni nishonlandi, deya xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
21 oktabr O‘zbek tili bayrami va Davlat tili haqidagi qonun qabul qilinganligining 35-yilligi munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi oldidagi xiyobonda ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
V muzee literaturi imeni Alishera Navoi otmetili den uzbekskogo yazika. V meropriyatii prinyala uchastie uchashayasya molodej
Unda muzey jamoasi, talaba va o‘qituvchilar ishtirok etishdi. Tadbirda tabrik, she’r va qo‘shiqlar yangradi.
Eslatib o‘tamiz, 1989-yil 21-oktabr kuni qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi qonunda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan. Bu yil o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35-yilligi nishonlanmoqda.
Avvalroq Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri ma’lum qilganidek, respublikaning 30 tadan ortiq oliygohida o‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishida kadrlar tayyorlanmoqda.
O‘ttizdan ortiq oliygohda o‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha kadrlar tayyorlanmoqda — vazirlik