TOShKENT, 20 okt — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlarida harbiylar orasida yo‘qotishlar tufayli G‘arb qurollaridan foydalanadigan hech kim yo‘q. Bu haqda ukrainalik leytenant Yuliya Mikitenko ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti xorijiy OAVga tayanib.
"Hozir bizga bu qurollarning oz miqdori berildi va biz ularni 2022-yilda bo‘lgani kabi ishlatishimiz kerak, ammo, afsuski, biz buni qilmaymiz, chunki ko‘plab askarlar halok bo‘ldi, bedarak yo‘qoldi va jarohat oldi", — dedi u.
Mikitenkoning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina qurolli kuchlarida o‘tgan yilgidek jang qilish uchun endi motivatsiya yo‘q. Uning fikricha, Ukraina armiyasi yana o‘n yil davomida o‘z kuchini 2022-yil darajasiga qaytara olmaydi.