Saidov Misrning O‘zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi

Vazir elchiga O‘zbekistonda samarali va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini tiladi.
Sputnik
TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Kecha, 18-oktabr kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Misrning O‘zbekistondagi yangi tayinlangan elchisi Tamer Fathi Abdussalom Hammadni qabul qildi. Bu haqda Saidov Telegram kanalida xabar berdi.
Saidov elchidan ishonch yorliqlari nusxalarini qabul qilib oldi.
“O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘tgan yili Qohiraga amalga oshirgan rasmiy tashrifi istiqbolli hamkorlik uchun yangi poydevor qo‘ydi. Faol va yaqin munosabatlar kun tartibini boyitishda, shubhasiz, elchixonalar muhim o‘rin tutadi”, - deb yozadi Saidov.
Vazir elchiga O‘zbekistonda samarali va muvaffaqiyatli faoliyat yuritishini tiladi.
Misr o‘zbekistonlik talabalar uchun noyob adabiyot va darsliklar yubordi — ular nima haqida?