TOShKENT, 19 okt — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin BRIKSga a’zo mamlakatlar yetakchi OAVlari rahbarlari bilan uchrashdi. Uchrashuvda Braziliya, Misr, Hindiston, Xitoy, BAA, Saudiya Arabistoni, Efiopiya va JAR OAVlari rahbarlari ishtirok etishdi. Moderator – “Rossiya segodnya” mediaguruhi rahbari Dmitriy Kiselov.
Rossiya prezidentining asosiy fikrlari – maqolamizda.
BRIKSning xalqaro maydondagi roli
BRIKS hududida sayyoramizning 45 foiz aholisi yashaydi. Bu savdo aylamasining doimiy o‘sishi va dunyo savdosi darajasi. Ayrim yo‘nalishlarda insoniyat BRIKS mamlakatlarisiz mavjud bo‘la olmaydi.
“Oziq-ovqat, energetika va hokazolarni nazarda tutapman. Biroq yuqori texnologiya sohalarida, xususan, sun’iy intellektni rivojlantirish va undan foydalanishda biz nafaqat tobora kompetensiyalarga ega bo‘lmoqdamiz, balki ayrim yo‘nalishlashlarda yetakchi bo‘lmoqdamiz. Shu bois bu dunyodagi ro‘y berayotgan eng asosiy o‘zgarish”, - dedi Rossiya rahbari.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, BRIKSning boshqa xalqaro tashkilotlardan farqi u hech qachon birovga qarshi tuzilmaganida.
“Bu o‘z umumiy qadriyatlaridan, taraqqiyoti qarashlaridan kelib chiqib, asosiysi bir-birining manfaatlarini inobatga olib, birga ishlayotgan davlatlar birlashmasidir”, - dedi Rossiya yetakchisi.
Ta’kidlanishicha, bugungi kunda BRIKS bilan hamkorlik qilish yoki unga qo‘shilish istagini 30 ta mamlakat bildirgan. Tashkilot eshiklari esa ular uchun ochiq.
“Tashkilot erkin rivojlanadi, ammo shoshmasdan va xalqaro voqelikni inobatga olgan holda”, - dedi Putin.
Isroil-Falastin mojarosi haqida
“Biz hamisha Xavfsizlik Kengashining ikkita – Isroil va Falastin davlatini tashkil etish qaroridan kelib chiqqanmiz. Barcha muammolar ildizi shunda. Ishonchim komilki, BRIKS sammitida bu haqida gaplashamiz”, - dedi Putin.
AQShning dunyoning turli mintaqalaridagi provokatsiyalari
Rossiya rahbarining ta’kidlashicha, AQSh Tayvan bilan doimiy ravishda provokatsiya qilib kelmoqda. Endi esa NATO va yevropaliklarni Osiyoga olib kelmoqda.
AQSh o‘z ittifoqchilari Yaponiya, Avstraliya, Yangi Zelandiyani faollashtirib, qo‘shimcha keskinlik nuqtalarini tashkil etmoqda. Mintaqa, jumladan, Xitoy va Rossiyaga tahdid soluvchi jiddiy qurollarni ko‘chirib kelmoqda.
Aynan G‘arb va AQSh 2024-yilda Ukrainada amalga oshirilgan davlat to‘ntarishini tashkil etgan, agar tashkil etishmagan bo‘lishsa, davlat to‘ntarishi qo‘llab-quvvatlashgan. Inqiroz shundan boshlangan.
“Yo‘l qo‘ymaymiz”
Putin Zelenskiyning Ukrainada yadro qurolini yaratish imkoniyatida haqidagi bayonotini galdagi provokatsiya deb atadi. Rossiya Ukraina tomonidan yadro quroli yaratilishiga hech qachon yo‘l qo‘ymaydi.
G‘alaba va Rossiya armiyasi haqida
Rossiya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, NATO ukrainaliklar qo‘li bilan Rossiyaga qarshi jang qilmoqda. Ukraina uchinchi mamlakatlar manfaatlari yo‘lida o‘z askarlarini ayab o‘tirmayapti.
“Rossiya armiyasi esa o‘zi jang qilmoqda, mudofaa sanoatini o‘zi ishlab chiqarmoqda. Eng katta farq bunda. Biz o‘z askarlarimiz va texnikamiz haqida o‘ylaymiz”, - dedi Putin.
Rossiya yetakchisi mamlakat armiyasi nafaqat eng texnologik, balki eng jangga qodirlaridan biri bo‘limoqda.
“Biz bu kurashni davom ettirishga tayyormiz va g‘alaba qozonamiz”, - dedi Putin.
Ko‘p qutbli dunyo haqida
Dunyoda keng ko‘lamli o‘zgarishlar ro‘y berishni boshladi va buni ko‘p qutbli dunyo yaratish deb atash mumkin.
“Biz bundan kelib chiqamiz va ko‘maklashimiz, bu barbod bo‘lishiga olib kelmasligi emas, balki aksincha, yangi formatda bemalol shakllanishiga ko‘maklashishga harakat qilmoqdamiz”, - dedi Rossiya prezidenti.