O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
2024 yil 27-oktabr kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi, Xalq deputatlari viloyatlar, shahar va tuman kengashlariga saylovlar bo‘lib o‘tadi.

MDH PA muddatidan oldin ovoz berish jarayonlarini kuzatishni boshladi

MDH PAning xalqaro kuzatuvchilari O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi va Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi huzuridagi saylov uchastkalarida bo‘ldi.
Sputnik
TOShKENT, 17 okt — Sputnik. MDH PA kuzatuvchilari O‘zbekistonda parlament saylovlarida muddatidan oldin ovoz berish jarayonini kuzatishni boshladi, deya xabar berdi MDH Ijroiya qo‘mitasi.
O‘zbekiston Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylov bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish boshlandi.
MDH Parlamentlararo Assambleyasining xalqaro kuzatuvchilari O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi va Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi huzuridagi saylov uchastkalarida bo‘ldi. Kuzatuvchilar muddatidan oldin ovoz berish tartibi bilan tanishib, saylov uchastkalari ochiq ekanligiga, uchastka komissiyalari tuzilganiga, komissiya a’zolari o‘qitilib, ish boshlaganiga ishonch hosil qildi.
“Uchastkalar respublika qonunchiligida nazarda tutilgan barcha axborot materiallari va texnik jihozlar bilan taminlangan. O‘zbekiston bosh konsuli Abdurahmon Mahmudov MDH PA xalqaro kuzatuvchilari bilan uchrashuvda O‘zbekiston fuqarolari uchun muddatidan oldin sayyor ovoz berishni Sankt-Peterburg va Rossiya Federatsiyasining shimoli-g‘arbiy mintaqalarida tashkil etish, shuningdek, asosiy ovoz berish kuniga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha rejalashtirilgan tadbirlar haqida ma’lum qildi”, — deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, 27-oktabrga belgilangan parlament saylovlari bo‘yicha muddatidan oldin ovoz berish 16-23 oktabr kunlari bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonning xorijiy davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalarida ochilgan saylov uchastkalarida ovoz berish mahalliy vaqt bilan soat 9:00 dan 18:00 gacha amalga oshiriladi.
MDH PA xalqaro kuzatuvchilar guruhi yetti davlat parlamentlari vakillaridan tuzilgan. Qirg‘izistonlik deputat O‘zbekistondagi saylovlarda MDH PA kuzatuvchilariga rahbarlik qiladi.
Avvalroq Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) bosh kotibi Sergey Lebedev O‘zbekistonda saylovga tayyorgarlik ishlari munosib va uyushqoqlik bilan davom etayotganini aytib, saylovga tayyorgarlik jarayonini ijobiy baholagan edi.
O‘zbekstonda parlament saylovlari — 2024
O‘zbekistonda parlament saylovlari demokratiya yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi – Botirjon Asadov