TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Shanxay hamkorlik tashkilotiga (ShHT) a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining 23-majlisi yakunlari bo‘yicha 8 ta hujjat, shu jumladan, “Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining yigirma uchinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha qo‘shma komunike” imzolandi.
Islomobodda ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining 23-majlisi bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyalar rahbarlari Tashkilotning 2024-2025 yillardagi amaldagi raisi sifatida Xitoy Xalq Respublikasini qo‘llab-quvvatlashlarini bildirishdi.
V Islamabade nachalos 23-e zasedanie Soveta glav pravitelstv (premyer-ministrov) gosudarstv-chlenov ShOS
© Shanxayskaya organizatsiya sotrudnichestva
Qayd etilishicha, tashkilotga a’zo davlatlar xalqlarning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘llarini mustaqil va demokratik tanlash huquqini hurmat qilish tarafdori. Ular davlatlarning suvereniteti, mustaqilligi, hududiy yaxlitligini o‘zaro hurmat qilish, teng huquqlilik, o‘zaro manfaatdorlik, ichki ishlarga aralashmaslik, kuch ishlatmaslik yoki kuch ishlatish bilan tahdid qilmaslik tamoyillari xalqaro munosabatlarni barqaror rivojlantirishning asosi ekanligini ta’kidlashdi.
Ular mamlakatlar o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni muloqot va maslahatlashuvlar orqali tinch yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanliklarini tasdiqlashdi.
Shuningdek, delegatsiyalar rahbarlari sanksiyalarning bir tomonlama qo‘llanilishi xalqaro huquq tamoyillariga to‘g‘ri kelmasligi hamda uchinchi davlatlar va xalqaro iqtisodiy munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishini qayd etishdi.
Qolaversa, ShHT davlatlari, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi, Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari assotsiatsiyasi, shuningdek, boshqa manfaatdor davlatlar va ko‘p tomonlama birlashmalar ishtirokida Katta Yevroosiyo hamkorligini yaratish taklifi qayd etildi.
V Islamabade nachalos 23-e zasedanie Soveta glav pravitelstv (premyer-ministrov) gosudarstv-chlenov ShOS
© Shanxayskaya organizatsiya sotrudnichestva
Aytilishicha, ShHTga a’zo davlatlarning qashshoqlikni qisqartirish bo‘yicha maxsus ishchi guruhi faoliyati doirasida qashshoqlikni bartaraf etish va aholi farovonligini oshirish bo‘yicha hamkorlik yanada rivojlantiriladi.
ShHTga a’zo davlatlarning bu boradagi faoliyati BMTning tegishli Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishga qaratilgan turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi, shuningdek, ShHTga a’zo davlatlar o‘rtasida ilg‘or dastur va amaliyot tajribasini tarqatishga yordam beradi.
Majlisda Belarus Respublikasining Shanxay hamkorlik tashkilotiga kirishini hisobga olgan holda ShHT doimiy organlarining moliyaviy va tashkiliy faoliyatiga oid qator masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qilindi.
Ta’kidlanishicha, delegatsiyalar rahbarlari ShHTga a’zo davlatlar ishtirokida sport tadbirlari va musobaqalarini o‘tkazishga katta ahamiyat berishadi. 2024-yil 9-18 dekabr kunlari Tehronda mini-futbol bo‘yicha ShHT kubogi "Ipak yo‘li" turniri o‘tkazish taklifini qayd etishdi.
V Islamabade nachalos 23-e zasedanie Soveta glav pravitelstv (premyer-ministrov) gosudarstv-chlenov ShOS
© Shanxayskaya organizatsiya sotrudnichestva
Majlisda so‘zga chiqqan Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharifning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘oniston iqtisodiy jihatdan samarali savdo va tranzit yo‘llari uchun imkoniyatlar yaratishi mumkin.
“Bu imkoniyatga erishish uchun Afg‘onistondagi barqarorlik muhim. Xalqaro hamjamiyat Afg‘oniston muvaqqat hukumatiga insonparvarlik inqirozini yengib o‘tish va iqtisodiy tanazzulning oldini olish uchun zarur yordam, shoshilinch insonparvarlik yordamini ko‘rsatishi kerak”, — dedi Shahboz Sharif.
Shuningdek, Afg‘oniston muvaqqat hukumatidan siyosiy integratsiyani rivojlantirish, shuningdek, uning hududidan qo‘shnilariga qarshi terrorchilik faoliyati uchun foydalanilmasligini ta’minlash bo‘yicha aniq choralar ko‘rishni talab qilishi kerak.
“ShHTga a’zo davlatlar rahbarlarining muntazam uchrashuvlari bizni birlashtiruvchi qadriyatlar haqida eslatib turadi. Iqtisodiy muammolardan tortib, ekologik muammolargacha, terrorizm va ekstremizmcha bo‘lgan davr murakkabliklarini yengib o‘tishda birgalikdagi sa’y-harakatlarimiz juda muhim. Bugungi uchrashuv turli mamlakatlarimiz o‘rtasidagi aloqalarimiz va hamkorligimiz mustahkam ekanidan yana bir dalolatdir. Biz birgalikda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga erishish, mintaqada tinchlik va barqarorlikni mustahkamlash, fuqarolarimiz turmush darajasini oshirish uchun barcha imkoniyatlarga egamiz”, — dedi Pokiston bosh vaziri.
Tashkilot bosh kotibi dunyoda ro‘y berayotgan jiddiy o‘zgarishlar sharoitida ShHT eng yirik ko‘p tarmoqli mintaqaviy tashkilot sifatida “Shanxay ruhi”ni izchil targ‘ib etib, o‘zaro manfaat va teng huquqlilik tamoyillari asosida hamkorlikni amalga oshirayotganini, shuningdek mintaqada tinchlik, barqarorlik va farovonlikni saqlashda ham muhim rol o‘ynashini ta’kidladi.
“A’zolar soni ortib borayotgan va hamkorlik yo‘nalishlari tez sur’atlar bilan kengayib borayotgan jamoamiz ko‘plab qiyinchiliklarni yengib o‘tadi. Eng kichik Kotibiyat sifatida biz eng yirik mintaqaviy tashkilotga kuchli yordam beramiz. Bugun men Tashkilot bosh kotibi sifatida yig‘ilishda oxirgi marta ishtirok etapman. Muhtaram hukumat rahbarlariga so‘nggi uch yildagi faoliyatimni har tomonlama qo‘llab-quvvatlaganliklari uchun o‘z minnatdorchiligimni bildiraman”, — deya qayd etdi tashkilot bosh kotibi Chjan Min.
ShHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari (bosh vazirlari) kengashining navbatdagi majlisi 2025-yilda Rossiya Federatsiyasida bo‘lib o‘tadi.
Ma’lumot uchun, kengash majlisida Rossiya, Belarus, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Pokiston, Tojikiston va O‘zbekiston bosh vazirlari, shuningdek, Eron birinchi vitse-prezidenti va Hindiston oliy vakili ishtirok etdi.