“Joriy yilning 11-oktabr kunidan boshlab ichki ishlar organlarining qo‘riqlovi va kuzatuvi ostida respublika hududi bo‘ylab saylovoldi bulletenlari uchastkalarga yetkazib berildi. Bundan tashqari, xorijiy kuzatuvchilar, OAV vakillariga respublika hududida xavfsiz harakatlanishlarini ta’minlash maqsadida minga yaqin transport vositari texnik ko‘rikdan o‘tkazildi”, — dedi vazir o‘rinbosari.
“Milliy gvardiya qo‘riqlash xizmati tomonidan barcha saylov okruglari va uchastkalariga “tashvish” tugmalari o‘rnatildi. Ular orqali yuzaga kelgan favqulodda holatlar to‘g‘risida xabar berilganda qo‘riqlash xizmatining tezkor harakatlanish guruhlari 3-5 daqiqada saylov uchastkasiga yetib kelib, salbiy vaziyatni bartaraf etishni ta’minlaydi”, — deya aniqlik kiritdi Adxamjon Sormonkulov.