Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi

Hozirgi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 5-mis boyitish fabrikasi ham loyihalashtirilmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 16 okt — Sputnik. Toshkent viloyatidagi Olmaliq kon-metallurgiya kombinatida 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi, deya xabar berdi prezident matbuot xizmati.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Olmaliq kon-metallurgiya kombinati faoliyati va yangi investitsiya loyihalari bilan tanishdi.
Aytilishicha, 2021-yilda “Yoshlik-1” koni negizida 3-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlangan edi. Endi bu loyihaning ikkinchi bosqichi doirasida 4-mis boyitish fabrikasi qurilishi boshlandi.
Davlat rahbari ramziy tugmani bosib, ushbu yangi zavod qurilishini boshlab berdi.
“Qiymati 5,3 milliard dollarlik bu loyiha orqali yiliga 146 ming tonna katodli mis, 13 tonna oltin va 73 tonna kumush olish quvvatlari yaratiladi. Yillik ishlab chiqarish hajmi 1,9 milliard dollarga yetadi. Fabrika va uning infratuzilmalarida 3 mingdan ortiq kishi ishlaydi”, — deyiladi xabarda.
Na Almalikskom gorno-metallurgicheskom kombinate nachato stroitelstvo 4-y medno-obogatitelnoy fabriki
Loyihaga xorijning “Wood” va “Worley Parsons” kompaniyalari jalb qilingan. Ishlab chiqarishda yuqori texnologik, ekologik xavfsiz va tejamkor texnologiyalar qo‘llanishini belgilangan.
“Hozirgi kunda Olmaliq kon-metallurgiya kombinatining 5-mis boyitish fabrikasi ham loyihalashtirilmoqda”, — deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, so‘nggi olti yilda Olmaliq kombinatida sanoat mahsuloti 1,8 baravar, mahalliylashtirish 7,7 baravar, investitsiya 13 baravar oshgan. “Raqamli OKMK – 2030” strategiyasi doirasida 70 dan ortiq loyihalar amalga oshirilgan.