O‘zbekiston va YeOII

O‘zbekistonda Rossiyaning ichimliklar uchun alyuminiy qutilar ishlab chiqaruvchi zavodi quriladi

Zavod 2025-yilning kuzida ishga tushirilishi rejalashtirilgan.
Sputnik
TOShKENT, 15 okt — Sputnik. Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda ichimliklar uchun alyuminiy qutilar ishlab chiqarish zavodini quradi. Bu haqd Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ma’lum qilindi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida "Arnest qadoqlash yechimlari" AJ bilan "Navoiy sanoatni rivojlantirish kompleksi" maxsus sanoat parki hududida ichimliklar uchun alyuminiy qutilar ishlab chiqarish zavodini qurish" loyihasini amalga oshirish bo‘yicha investitsiya bitimi imzolandi.
V Uzbekistane sovmestno s Rossiyey nachnut proizvodit alyuminiyevuyu upakovku dlya napitkov
Hujjatga ko‘ra, jamiyat investitsiyalari taxminan 100 million dollarni tashkil etadi. Alyuminiy ichimliklar qutisini ishlab chiqarish uchun 2 ta zamonaviy yuqori texnologiyali liniyalarni o‘rnatishga yo‘naltiriladi.
Korxonaning quvvati yiliga 1,5 milliard bankadan oshadi. Ikki yuzdan ortiq yangi yuqori malakali ish o‘rinlari yaratiladi.
“Zavod 2025-yilning kuzida ishga tushirilishi rejalashtirilgan”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, ichimliklar uchun alyuminiy qadoqlash idishlarini ishlab chiqarish O‘zbekistonda ilgari taqdim etilmagan yangi texnologiyadir. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning 30 foizdan ortig‘ini eksport qilish rejalashtirilgan.
“O‘zbekistonda ishlab chiqarishni mahalliylashtirish kompaniyaning YeOII, Markaziy Osiyo va Kavkazorti mamlakatlari eksport bozorlaridagi taklifini sezilarli darajada oshiradi. Shuningdek Rossiyada ishlab chiqarilgan eksport hajmlarini Rossiya bozorlariga yo‘naltirishga imkon beradi", — dedi "Arnest qadoqlash yechimlari" bosh direktori Aleksandr Isayev.
"Arnest qadoqlash yechimlari" Rossiya va YeOIIda alyuminiy banka ishlab chiqarish sohasida yetakchi hisoblanadi.
O‘zbekistonda Rossiyaning alyuminiy mahsulotlari ko‘payadi — tafsilotlar