TOShKENT, 13 okt — Sputnik. Amaldagi AQSh hukumati bir necha oy ichida uchinchi jahon urushini boshlashi mumkin. Bu haqda Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod Donald Tramp ijtimoiy tarmoqda efirga uzatilgan Kaliforniyadagi saylovoldi tashviqoti mitingida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Men asosan keyingi uch oydan xavotirdaman. Uch yarim-to‘rt oy ichida bizda bor odamlar (AQShning hozirgi hukumati) tufayli jahon urushi holatiga tushib qolamiz”, — deya ogohlantirdi siyosatchi.
Shuningdek, u noyabr oyida bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Ukrainadagi mojaroni hal qilishga, shuningdek, “Yaqin Sharqdagi tartibsizlikni to‘xtatishga” va’da berdi.
Tramp avvalroq uning raqibi Kamala Xarris uchinchi jahon urushining oldini olishga qodir emasligini aytgan edi. Respublikachiga ko‘ra, agar u g‘alaba qozonsa, Vashington Rossiya bilan harbiy mojaroga duch keladi.
AQShda prezidentlik saylovlari 5-noyabrkuni bo‘lib o‘tadi. Demokratik partiyadan vitse-prezident Xarris, Respublikachilar partiyasidan esa sobiq prezident Tramp ishtirok etadi.