TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Ukrainadagi mojaro masalasi BMTda asta-sekin “so‘nmoqda”, Rossiya delegatsiyasi BMT Bosh Assambleyasining yuqori darajadagi haftaligida bu mavzuda yangi hech narsa eshitmadi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sergey Vershinin ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Ukraina so‘nib borayotgan mavzu. Biz Ukraina mavzusi haqida hech qanday yangilik eshitmadik. Vladimir Zelenskiy u yerda edi. Uchrashuvlar va forumlarda uni targ‘ib qilishga urinishlar bo‘ldi, lekin biz muammoni hal qilish istagini eshitmaganimizdek, hech qanday yangi fikr ham eshitmadik”, – dedi Vershinin “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tomonidan tashkil etilgan matbuot anjumanida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, G‘arb vakillaridan faqat Rossiyaga yo‘llangan “ultimatum talablari”ni eshitish mumkin, ammo “haqiqiy hech narsa bo‘lmagan”.
“G‘arb davlatlari tomonidan vaqti-vaqti bilan o‘zlarining g‘arazli rusofob maqsadlari yo‘lida ko‘tarilayotgan bu muammoga qiziqish so‘nmoqda”, — deya xulosa qildi Vershinin.