Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Ukrainalik instruktor harbiylar orasida motivatsiya yo‘qligidan shikoyat qildi

Ukraina harbiy instruktorining aytishicha, frontdagi askarlar charchagan.
Sputnik
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Ukrainalik harbiy instruktorning Estoniya OAVga bergan ma’lumotiga ko‘ra, frontdagi askarlar charchagan va ularning motivatsiyasi “so‘na boshlagan”, deb yozmoqda RIA Novosti.
"Frontda zudlik bilan dam olishga muhtoj bo‘lgan juda ko‘p askarlar bor. Agar uzoq vaqt jang qilinsa, motivatsiya so‘na boshlaydi", – deya xabar berdi nashr "Liber" chaqiruv belgili instruktor so‘zlaridan iqtibos keltirib.
Bundan tashqari, u Ukraina Qurolli kuchlari askarlarini tayyorlash uchun vaqt yetarli emasligidan shikoyat qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, yangi ukrainalik harbiylar bir oy ichida boshlang‘ich tayyorgarlikdan o‘tadi va bu vaqt ichida ular faqat minimal darajani o‘zlashtira oladi.
"Piyoda askarni to‘liq tayyorlash uchun kamida olti oy kerak bo‘ladi. Lekin bizda bunday vaqt yo‘q. Haqiqat shundaki, bizda askarlarni tayyorlash uchun vaqt yetarli emas", – ma’lum qildi u.
Avvalroq Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Ukrainada safarbar qilinganlar uchun boshlang‘ich tayyorgarlik muddatini oshirishni rejalashtirayotgani, qo‘shimcha ravishda instruktorlar maktabi paydo bo‘lishi mumkinligini aytgan edi.
Ukrainada safarbarlikni kuchaytirish haqidagi qonun 18-maydan kuchga kirdi. Hujjat harbiy xizmatni o‘tashga majbur bo‘lgan barcha shaxslarni kuchga kirgan kundan boshlab 60 kun ichida harbiy xizmatga chaqirish bo‘limida o‘z ma’lumotlarini yangilash majburiyatini yuklaydi. Buni amalga oshirish uchun harbiy komissariyatga shaxsan kelishi yoki “harbiy chaqiriluvchining elektron kabinetda” ro‘yxatdan o‘tishi kerak. Chaqiruv varaqasi, hatto chaqiriluvchi uni shaxsan ko‘rmagan bo‘lsa ham, topshirilgan hisoblanadi: chaqiruv qog‘ozi "topshirish" sanasi hujjatga shaxsan topshirishning mumkin emasligi to‘g‘risidagi muhr bosilgan sana hisoblanadi.
Qonun loyihasida harbiy xizmatni o‘tashga majbur bo‘lganlar o‘zlari bilan har doim harbiy guvohnomani olib yurishlari va uni harbiy xizmatga chaqirish bo‘limi xodimlari va politsining birinchi talabiga ko‘ra ko‘rsatishlari shartligi belgilab qo‘yilgan. Rad etuvchilar avtomobil haydash huquqidan mahrum qilinishi mumkin. Hujjatda demobilizatsiya muddatlari ko‘rsatilmagan. Bir qator deputatlarning noroziligiga sabab bo‘lgan mazkur band hujjatdan olib tashlangan.
Kursk viloyatida asir olingan Ukraina razvedkachilari almashinuvdan bosh tortdi