Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Zelenskiy "g‘alaba rejasi" haqida yangi bayonot berdi

Zelenskiy “g‘alaba rejasi”ni yakunlab, uni e’lon qilishga va’da berdi.
Sputnik
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Vladimir Zelenskiy “g‘alaba rejasi”ni yakunlash va uning mazmunini ommaga e’lon qilishga va’da berdi. Bu haqda RIA Novosti uning Telegram-kanalida e’lon qilgan bayonotiga tayanib xabar berdi.
“Hamkorlarimizning barcha pozitsiyalarini, Ukraina uchun barcha real imkoniyatlarni tushunib, g‘alabaga erishish rejamizni mustahkamlab, kelgusidagi harakatlar strategiyamizni ommaga e’lon qilamiz. Istiqbol mamlakatimizdagi barchaga tushunarli bo‘lishi muhim”, — dedi u.
Kiyev rejimi rahbari, shuningdek, rejaning harbiy va harbiy-siyosiy tafsilotlari bilan shug‘ullanayotgan Vashingtondagi jamoadan hisobot kutayotganini qo‘shimcha qildi.
Zelenskiy avvalroq AQShga tashrifi chog‘ida G‘arb yetakchilari bilan barcha kerakli suhbatlarni o‘tkazganini aytgandi. Kiyev rejimi rahbarining ta’kidlashicha, Vashington Ukrainani mustahkamlash uchun "qo‘lidan kelgan barcha ishni qilgan".
“Barcha rejalashtirilgan maqsadlarga erishiladi” — Putin rossiyaliklarga murojaat qildi
Maxsus harbiy operatsiya Rossiya maqsadlariga erishish bilan yakunlanishi kerak — Peskov
Zelenskiyning rejasi "jahon urushi" rejasidir — Bundestag deputati