Xarris AQShning “asosiy dushmani” qaysi davlat ekanligini ma’lum qildi

Xarris Eronni dunyodagi barcha davlatlar orasida AQShning asosiy dushmani deb atadi.
Sputnik
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. AQSh vitse-prezidenti va davlat rahbari lavozimiga nomzod Kamala Xarrisning aytishicha, Eron barcha davlatlar orasida AQShning asosiy dushmani hisoblanadi, deb yozmoqda RIA Novosti.
U OAVga bergan interyusida AQShning qaysi raqibi uning nuqtayi nazaridan asosiysi ekanligi haqida gapirib, "Men bu aniq Eron deb hisoblayman", deb aytdi.
Xarrisning ta’kidlashicha, agar u 5-noyabr kuni bo‘lib o‘tadigan AQSh prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozonsa, Eronning yadroviy qurolga ega bo‘lishining oldini olish uning asosiy ustuvorligi bo‘ladi.
Eron AQSh va Isroilni HAMAS yetakchisi o‘limi uchun o‘ch olish muqarrarligi haqida ogohlantirildi