TOShKENT, 8 okt — Sputnik. 9-oktabr kuni soat 17:00 da Sputnik O‘zbekiston matbuot markazida “O‘zbekistonda mehmondo‘stlik sohasidagi innovatsion trendlar” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.
Matbuot anjumaniga Rossiya restoratorlar va mehmonxonachilar federatsiyasi prezidenti Igor Buxarov va O‘zbekiston Turizm qo‘mitasi Marketing tadqiqotlari, milliy turizm mahsulotlarini targ‘ib qilish boshqarmasi boshlig‘i Aziz Mirjalilov taklif etilgan.
Ekspertlar O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida restoran va sayyohlik biznesidagi hamkorlik istiqbollari hamda tajriba almashish rejalari haqida ma’lumot berishadi.
Jurnalistlar ishtirok etishga taklif qilinadi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun telefon raqami va Telegram manzili: +998971907178, @alisherakimbaev.