Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Yaqin Sharqdagi keskinlashuv G‘arb uchun Ukrainadagi vaziyatni murakkablashtiradi — Vuchich

Serbiya prezidentining fikricha, Donald Tramp AQShda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda g‘alaba qozonsa, Ukraina mojarosi barham topadi.
Sputnik
TOShKENT, 7 okt — Sputnik. Yaqin Sharqdagi mojaroning kuchayishi G‘arb uchun Ukrainadagi vaziyatni murakkablashtiradi. Bu haqda Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchich "Pink" telekanalida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
“Agar Yaqin Sharqdagi mojaro tez orada to‘xtamasa, Ukrainadagi vaziyat G‘arb uchun tobora qiyinlashib boradi”, — dedi u.
Vuchich agar Donald Tramp AQShda bo‘lib o‘tadigan saylovlarda g‘alaba qozonsa, Ukraina mojarosi barham topishiga ishonishini qo‘shimcha qildi.
Oktabr oyi boshida Oliy Rada deputati Vladimir Arev Yaqin Sharqdagi vaziyatning yomonlashishini Ukraina uchun muammo deb atadi. Uning fikricha, bu voqealar Kiyev hamkorlarining asosiy e’tiborini va ularning yordamini jalb qiladi. Sentabr oyida Vuchich OAVga bergan intervyusida rossiyalik qo‘shinlar jang maydonida tashabbusga ega ekani va G‘arb uchun Kiyevni moliyalashtirish tobora qiyinlashib borayotganini aytdi.
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Ugledarni tark etgan Ukraina ofitseri mag‘lubiyat sababini aytib berdi