TOShKENT, 4 okt — Sputnik. Toshkentdagi Taras Shevchenko ko‘chasidagi gastronomik alleyani barpo etish bo‘yicha ishlarning birinchi bosqichini yakunlash muddati 10-oktabrga ko‘chirildi, deb xabar qilmoqda Mirobod tuman hokimligi.
Gastronomik ko‘cha bo‘ylab 6 ta foto-zona barpo etilgan, 39 ta kichik va 17 ta katta torsherlar o‘rnatilgan, 39 ta videokuzatuv kameralari va yuzni tanish tizimlari, 20 ta o‘rindiq va chiqindi qutilari o‘rnatilgan hamda wi-fi tarqatish tizimlari montaj qilingan.
Rekonstruksiya gastronomicheskoy allei po ulitse Tarasa Shevchenko
© Sputnik
Ayni paytda hududda ko‘kalamzorlashtirish, ya’ni yashil zonalarni barpo etish bo‘yicha ishlar jadal davom etmoqda – alleya bo‘ylab 30 tupga yaqin manzarali daraxt ko‘chatlari ekilmoqda.
Shuningdek, qariyb 3000 m.kv piyodalar yo‘li barpo etildi, qatnov yo‘lining asosiy qismi (2600 m.kv) esa tabiiy granit toshdan terildi. Shu sababli birinchi bosqichini yakunlash muddati oktabr oyining boshiga ko‘chirildi.
Rekonstruksiya gastronomicheskoy allei po ulitse Tarasa Shevchenko
© Sputnik
Gastronomik alleyada kafe, oshxona va magazinla 24 soat rejimida ishlaydi. Avtomobillar harkati esa kechki soat 20:00 dan tonggi 06:00 gacha to‘xtatilib, ko‘cha piyodalar hududiga aylanadi.
Taras Shevchenko ko‘chasida gastronomik alleyani barpo etish bo‘yicha ishlar to‘liq yakunlanganidan so‘ng ushbu manzilda transport qatnovi yuqorida ko‘rsatilgan vaqtlarda qayta yo‘lga qo‘yiladi.
Rekonstruksiya gastronomicheskoy allei po ulitse Tarasa Shevchenko
© Sputnik