TOShKENT, 3 okt — Sputnik. O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari "BelTexIndustry 2024" yengil sanoat mahsulotlari ulgurji savdosi 48-xalqaro ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda. Bu haqda “O‘zto‘qimachiliksanoat” uyushmasi matbuot xizmati xabar berdi.
Uyushma rahbariyati 2-4 oktabr kunlari Belarus poytaxti Minsk shahrida bo‘lib o‘tayotgan eng yirik sanoat ko‘rgazmasining rasmiy ochilish marosimida ishtirok etdi.
O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari BelTexIndustry 2024 ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
“Ko‘rgazmada O‘zbekistonning bir qancha yirik to‘qimachilik korxonalari eksport hajmini oshirish, strategik hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida matolar, tayyor tikuvchilik va to‘qimachilik mahsulotlarini namoyish etmoqda”, — deyiladi xabarda.
O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari BelTexIndustry 2024 ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
Biznes dasturi doirasida mehnat unumdorligini oshirish va ishlab chiqarish tannarxini pasaytirish, mehnat bozoridagi kadrlar tendensiyalari, to‘qimachilik bozorida muvaffaqiyatli biznes strategiyasi, shuningdek, yetakchi korxonalar rahbarlari ishtirokida biznes uchrashuvlari va kompaniya taqdimotlari bo‘lib o‘tmoqda.
Shuningdek, o‘zbekistonlik dizaynerlar moda ko‘rgazmalarida qatnashmoqda.