TOShKENT, 2 okt — Sputnik. O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi mamlakatdagi raketa hujumlari munosabati bilan fuqarolarni tezkor ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.
O‘zbekiston elchixonasi raketa hujumlari paytida tezlik bilan bomba boshpanalariga kirishni tavsiya qildi. Shuningdek, Isroil hukumati va O‘zbekiston elchixonasi rasmiy xabarlarini kuzatib borish, Isroil front orti qo‘mondonligi bildirishnomalari va ogohlantirishlariga amal qilishga chaqirdi.
“Shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatlar va O‘zbekiston elchixonasining aloqa ma’lumotlarini doimo o‘zingiz bilan olib yuring. Agar sizga shoshilinch yordam yoki maslahat kerak bo‘lsa, O‘zbekistonning Isroildagi elchixonasi telefonlari orqali murojaat qiling”, — deyiladi xabarda
Favqulodda yordam telefonlari : 03-672-2466, 03-672-237, 03-758-5075, 03-758-5076.
Favqulodda va shoshilinch xabarlar uchun: 054 485 1397
Elektron pochta: il.uzembassy@mfa.uz