Misr kompaniyasi O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarmoqchi

Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Misrning Nile Sugar kompaniyasi bosh direktori bilan uchrashdi.
Sputnik
TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Misr kompaniyasi O‘zbekistonda shakar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yadi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda so‘z bordi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Misrning "Nile Sugar" kompaniyasi bosh direktori Emad Farid bilan uchrashdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Misrning Nile Sugar kompaniyasi bosh direktori Emad Farid bilan uchrashdi.
Suhbat chog‘ida kompaniyaning Jizzax viloyatida qand lavlagi yetishtirish va yillik quvvati 200 ming tonna shakar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish loyihasining borishi atroflicha ko‘rib chiqildi.
“Kompaniya vakillari O‘zbekistonda investitsiya faoliyati uchun yaratilgan sharoitlarni yuqori baholadilar”, — deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, uchrashuv yakunida Misr tajribasi va texnologiyasidan foydalangan holda loyiha qurilishini jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha qo‘shma chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov Misrning Nile Sugar kompaniyasi bosh direktori Emad Farid bilan uchrashdi.
Ma’lumot uchun, 2006-yilda tashkil etilgan Misrning "Nile Sugar" kompaniyasi "Orascom Group" xoldingi tarkibiga kiradi. Misrdagi eng yirik shakar ishlab chiqaruvchisidir.