“Arxeologlar transheya qazish jarayonida kengligi 2,3 metrlik zinapoyaga duch keldilar. Yer tubi tomon to‘rt metr qazilganda sirli yo‘lakning bus-butun arkalariga duch kelindi. Bu yerdan 10 ming kubometr tuproq chiqarilgach, yo‘lakning 12-pog‘onasi ochildi. Aynan shu nuqtadan yetti metr sharqda qadimshunoslar yana ikkita noyob yerosti yo‘llariga duch keldilar. Taxminlarga ko‘ra, har ikki arkasimon yo‘lak dastlabki topilgan katta yo‘lga bog‘lanadi”, — deyiladi xabarda.
“Hozirda italyancha deya ta’riflangan rakovina, yerosti va polosti isitish tizimi, nafis sopol quvurlari bilan butun holatda topilgan qo‘l yuvish vositalari ham aynan shu obyektdan 2024-yilgi qazuvlar jarayonida topildi”, — deya qayd etilgan xabarda.
“Bu obyektning ustini oktabr oyida uzil-kesil yopishimiz kerak. Agar quruvchilar bunga ulgurishmasa, yana tuproq tashlab konservatsiya qilishimizga to‘g‘ri keladi. Obyekt o‘ta noyob”, — deydi Axsikent ekspeditsiyasi rahbari, professor Abdulhamid Anorboyev.