Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi

Rossiya qo‘shinlari DXR va Xarkovdagi ikkita qishloqni ozod qildi

Xarkov viloyatidagi Vishnyovoe aholi punktini ozod qilindi.
Sputnik
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. Rossiya armiyasi maxsus harbiy operatsiya zonasidagi ikkita aholi punktini ozod qildi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligi.

“G‘arb” qo‘shinlari guruhi bo‘linmalari qat’iy xatti-harakatlar natijasida Xarkov viloyatidagi Vishnyovoe aholi punktini ozod qildi”, - deyilgan xabarda.

Bundan tashqari, “Markaz” guruhi Donesk xalq respublikasidagi Krutoy Yarni ozod qilishga muvaffaq bo‘lgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, o‘tgan sutka davomida dushmanning 128 ta hududdagi texnika va askarlari to‘plangan joylariga zarba berilgan.
Maxsus harbiy operatsiya Rossiya maqsadlariga erishish bilan yakunlanishi kerak — Peskov