Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

O‘zbekistonda 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar bayrami nishonlanmoqda.
Sputnik
TOShKENT, 1 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘qituvchi va murabbiylarni kasb bayrami bilan tabrikladi.
Davlat rahbari el-yurt azaldan e’zozlab keladigan o‘qituvchi va murabbiylarning maqomini, qadr-qimmatini yanada yuksaltirish davlat siyosatining eng muhim, hal qiluvchi yo‘nalishiga aylanganini ta’kidladi.
“Barchamiz yaxshi tushunamizki, o‘z oldimizga qo‘ygan buyuk maqsadlarga yetishda – jonajon O‘zbekistonimizni erkin va farovon, har tomonlama obod mamlakatga aylantirishda soha rivojini yangi sifat bosqichiga ko‘tarish hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi”, - deyiladi prezident tabrigida.
Qayd etilishicha, bugungi kunda o‘qituvchilarning ish haqi 2016-yilga nisbatan o‘rtacha 2,5 marta, professor-o‘qituvchilarning oylik maoshi esa 4,5 karra o‘sgani, oktabr oyidan pedagog xodimlarning ish haqi yana 15 foizga oshirilishi shu boradagi sa’y-harakatlar natijasidir.
Mirziyoyev davlat ta’lim va tarbiya tizimini yanada ravnaq toptirish, soha xodimlari uchun munosib mehnat va turmush sharoitlarini yaratish masalasiga bundan buyon ham ustuvor ahamiyat berishi va o‘qituvchilikni jamiyatda eng obro‘li kasblar qatoriga olib chiqishini ma’lum qildi.
Mirziyoyev ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha yangi vazifalar belgilab berdi