Toshkentda Xalqaro voleybol federatsiyasi prezidenti kutib olindi — tashrifdan maqsad

FIVB prezidenti ishtirokida voleybol sportini rivojlantirishga doir masalalar muhokama qilinadi.
Sputnik
TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Xalqaro voleybol federatsiyasi (FIVB) prezidenti Ari Grassa boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deya xabar berdi Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Toshkentga Xalqaro voleybol federatsiyasi prezidenti tashrif buyurdi
Mehmonni ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, O‘zbekiston voleybol federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari, general-mayor Bekmurod Abdullayev, sport vazirining o‘rinbosari Shahrullo Mahmudov, Milliy Olimpiya qo‘mitasi hamda mamlakat voleybol federatsiyasi xodimlari kutib olishdi.
FIVB prezidenti ishtirokida quyidagilar muhokama etiladi:
respublikada voleybol sporti rivojini yangi bosqichga olib chiqish, uni yanada ommalashtirish;
mahalliy mutaxassislar malakasini oshirish;
kelgusida yirik xalqaro musobaqalarni O‘zbekistonda o‘tkazishga doir rejalar.
Toshkentga Xalqaro voleybol federatsiyasi prezidenti tashrif buyurdi
Qayd etilishicha, martabali mehmonga Xalqaro voleybol federatsiyasining turli bo‘limlarida faoliyat olib boradigan 4 nafar mutaxassis hamrohlik qilmoqda.