TOShKENT, 30 sen — Sputnik. Maxsus harbiy operatsiya Rossiya maqsadlariga erishish bilan yakunlanishi kerak. Bu haqda Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Peskov jurnalistning Serbiya prezidenti Aleksandr Vuchichning Ukrainadagi mojaro go‘yoki kamida 10-yil davom etishi va “koreys” ssenariysi bo‘yicha yakunlanishi haqidagi bashoratiga Kreml qanday qarashi haqidagi savoliga javob berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tajribali siyosatchilar Ukraina mojarosi bo‘yicha o‘z nuqtayi nazariga ega bo‘lishi mumkin, Rossiya Federatsiyasi maxsus harbiy operatsiya o‘z maqsadlariga erishish bilan yakunlanishi kerakligidan kelib chiqadi.
“Albatta, barcha siyosatchilar, tajribali siyosatchilar, bilimdon siyosatchilar Ukraina atrofidagi mojaro bo‘yicha o‘z nuqtayi nazariga ega bo‘lishi mumkin. Biz maxsus harbiy operatsiya barcha belgilangan maqsadlarga erishish bilan yakunlanishi kerakligidan kelib chiqamiz”, — dedi Peskov.